Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishsizlik nafaqasi: to‘lash shartlari va miqdori
Qonunchilikka ko‘ra, ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga belgilanadi. Nafaqa miqdori va to‘lash tartibi aniq mezonlar asosida hisoblanadi.
Qonunga muvofiq, ishsizlik nafaqasi so‘nggi 5 yilda kamida 18 oy ishlagan shaxslarga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng 6 oy ichida murojaat etilganda tayinlanadi.
Nafaqa oxirgi 18 oylik o‘rtacha ish haqi hisobidan 3 oy davomida to‘lanadi.
To‘lov miqdori quyidagicha:
▪️ 1-oyda — o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan holda;
▪️ 2- va 3-oylarda — o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda.
Ishsizlik nafaqasini takroran tayinlash uchun avvalgi nafaqa muddati tugaganidan keyin qo‘shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi.
Mavzuga oid
10:50 / 10.02.2026
Temiryo‘l va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jarimalar belgilandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
19:07 / 13.01.2026