Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi
Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, senator Mir-Akbar Hoji-Akbarovich Rahmonqulov hayotdan ko‘z yumdi.
Foto: isrs.uz
Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, senator Mir-Akbar Hoji-Akbarovich Rahmonqulov 74 yoshida vafot etdi.
Marhum turli yillarda prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari, prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Xavfsizlik kengashi kotibi hamda davlat maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Yuridik fanlari doktori, professor Mir-Akbar Hoji-Akbarovich 1998 yil “II darajali Shon-sharaf” ordeni, 2002 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.