Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi
2026 yildan har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni aniqlashga qaratilgan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Shuningdek, 2026 yil 1 sentabrdan oliy ta’lim muassasalarida “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi amalga oshiriladi.
Qarorga ko‘ra, “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladi va g‘oliblarga 100 mln so‘m grant ajratiladi. Respublika bosqichi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi.
Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanib, mazkur mablag‘ Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 sentabrdan oliy ta’lim tashkilotlarida “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Dastur doirasida:
- oliygohlarda IT-park va venchur jamg‘armalar bilan hamkorlikda talabalar akseleratorlari tashkil etiladi;
- talabalar uchun nufuzli xalqaro akseleratorlar va universitetlar bilan stajirovka hamda almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
- oliy ta’lim tashkilotlariga talabalar va ilmiy xodimlarning istiqbolli startap loyihalariga inkubatsiya markazlari va talabalar akseleratorlari orqali har bir loyihaga 20 ming AQSh dollarigacha ekvivalentda o‘z mablag‘larini investitsiya qilish huquqi beriladi;
- akseleratorlarda “startap menejer” va “startap treker” lavozimlari joriy etiladi.