Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi
To‘laganov Qudratilla Asadullayevich Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u 2023 yildan buyon “Asakabank” AJ boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Qudratilla To‘laganov Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Qayd etilishicha, u bank-moliya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lib, 2023 yil fevral oyidan beri “Asakabank”ni boshqarib kelayotgan rahbarlar qatorida sanaladi.
Avvalroq Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov ichki ishlar tizimiga qaytgandi. Prezident farmoyishi bilan, u Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.
Mavzuga oid
13:28 / 11.04.2026
Xodimlarga daydi topishni buyurgan Olmazor tumani IIB amaldori ishdan olindi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
12:59 / 19.02.2026
Olmazor tumanidagi sobiq “Mushki Anbar” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi
18:23 / 12.02.2026