Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahor arafasida Toshkent ko‘chalarida gulzorlar yaratilmoqda
Toshkent shahri ko‘chalari va jamoat joylarida manzarali gul ko‘chatlarini ekish ishlarining navbatdagi bosqichi boshlandi. Mutaxassislar ayni kunlarda gullarni parvarishlash, iqlimga moslashtirish hamda zararkunandalarga qarshi profilaktik tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkent ko‘chalariga manzarali gul ko‘chatlarini ekish bo‘yicha navbatdagi bosqich ishlari boshlandi. Ayni kunlarda mutaxassislar tomonidan gullarni parvarishlash, ularni hudud iqlimiga moslashtirish hamda zararkunandalarga qarshi profilaktik chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, maxsus issiqxonalarda yetishtirilgan gul ko‘chatlari bosqichma-bosqich shahar hududlariga olib chiqilmoqda. Allaqachon poytaxtning qator ko‘chalari va jamoat joylarida rang-barang gulzorlar hosil bo‘lib, shahar qiyofasiga yangicha ko‘rinish bag‘ishlamoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, jarayonlar aks etgan fotosuratlarda ekish va parvarish ishlarining amaliy bosqichlarini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
02:32 / 05.04.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi
12:57 / 04.04.2026
Toshkentda yer sotuvi ortidagi firibgarlik sxemasi ochildi
09:16 / 27.03.2026
Poytaxtda bir qator markaziy ko‘chalar vaqtincha yopiladi
12:10 / 24.03.2026