Jahon | 07:33
9458
2 daqiqa o‘qiladi

Infografika: qaysi davlatlarda atom suvosti floti bor?

Zamonaviy dunyoda atom suvosti floti milliy xavfsizlik va strategik tiyib turishning muhim elementi bo‘lib qolmoqda. Yangi infografikada qaysi davlatlar ixtiyorida qancha atom suvosti kemasi borligi ko‘rsatilgan.

Foto: REUTERS

XX asr o‘rtalarida dunyoda suvosti kemalarini ishlab chiqish va qurish boshlangan. 1954 yilda bu yo‘nalishda ilk qadamni AQSh tashlagan, to‘rt yildan so‘ng esa birinchi atom suvosti kemasi SSSRda paydo bo‘lgan.

Bugungi kunda atom suvosti floti olti davlatda mavjud. Dunyodagi eng yirik operator hanuz AQSh hisoblanadi. Marine Insight ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar holati bo‘yicha mamlakat ixtiyorida 71 ta faol atom suvosti kemasi bor.

Xitoy so‘nggi yillarda o‘z suvosti flotini jadal rivojlantirmoqda. Ularning umumiy soni bo‘yicha mamlakat 32 ta kema bilan ikkinchi o‘ringa chiqqan.

Rossiya ham suvosti flotini modernizatsiya qilishni davom ettirmoqda. Statista baholashicha, Rossiya atom suvosti floti 29 ta suvosti kemasini tashkil etadi, Marine Insight esa 25–28 ta deb ko‘rsatadi.

Shuningdek, atom suvosti floti Buyuk Britaniya, Fransiya va Hindistonda ham mavjud.

Avstraliya va Braziliya atom suvosti kemalarini ekspluatatsiya qiluvchi davlatlar safiga qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Avstraliya birinchi kemani 2032 yilda sotib olishni ko‘zlamoqda. Braziliya esa fransuz kompaniyasi Naval Group bilan hamkorlikda o‘z suvosti kemasini qurish ishlarini boshlagan. Uni 2030-yillarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Atom suvosti kemalarining soni manbaga qarab farq qilishi mumkin, chunki ayrim kemalar ta’mirda, modernizatsiyada yoki zaxirada bo‘lishi ehtimoli bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid