XX asr örtalarida dunyoda suvosti kemalarini işlab çiqiş va quriş boşlangan. 1954 yilda bu yönalişda ilk qadamni AQŞ taşlagan, tört yildan söng esa birinçi atom suvosti kemasi SSSRda paydo bölgan.
Bugungi kunda atom suvosti floti olti davlatda mavjud. Dunyodagi eng yirik operator hanuz AQŞ hisoblanadi. Marine Insight ma’lumotlariga köra, 2026 yil yanvar holati böyiça mamlakat ixtiyorida 71 ta faol atom suvosti kemasi bor.

Xitoy sönggi yillarda öz suvosti flotini jadal rivojlantirmoqda. Ularning umumiy soni böyiça mamlakat 32 ta kema bilan ikkinçi öringa çiqqan.
Rossiya ham suvosti flotini modernizatsiya qilişni davom ettirmoqda. Statista baholaşiça, Rossiya atom suvosti floti 29 ta suvosti kemasini taşkil etadi, Marine Insight esa 25–28 ta deb körsatadi.
Şuningdek, atom suvosti floti Buyuk Britaniya, Fransiya va Hindistonda ham mavjud.
Avstraliya va Braziliya atom suvosti kemalarini ekspluatatsiya qiluvçi davlatlar safiga qöşilişni rejalaştirmoqda. Avstraliya birinçi kemani 2032 yilda sotib olişni közlamoqda. Braziliya esa fransuz kompaniyasi Naval Group bilan hamkorlikda öz suvosti kemasini quriş işlarini boşlagan. Uni 2030-yillarda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.
Atom suvosti kemalarining soni manbaga qarab farq qilişi mumkin, çunki ayrim kemalar ta’mirda, modernizatsiyada yoki zaxirada bölişi ehtimoli bor.













