Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Nils” dovuli sabab Yevropa janubida uch kishi halok bo‘ldi
Fransiya va Ispaniyada “Nils” dovuli oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odam turli darajada jarohat oldi, minglab uylar elektrsiz qoldi.
Foto: Ed Jones/AFP
AFP agentligi juma kuni, 13 fevralda xabar berishicha, Yevropaning janubi-g‘arbida kuzatilgan “Nils” dovuli natijasida kamida uch kishi halok bo‘lgan.
Fransiyaning janubi-g‘arbida bir kishi bo‘ron paytida o‘z bog‘ida zinadan ko‘tarilayotganda halok bo‘lganini juma kuni TF1 radiosi efirida hukumat matbuot kotibi Mod Brejon ma’lum qildi. Ispaniyada esa 46 yoshli ayol omborxona tomi qulashi oqibatida vafot etgan. Bundan bir kun oldin Fransiyada yuk mashinasi haydovchisi daraxt shoxi avtomobilning old oynasini sindirib yuborganidan keyin halok bo‘lgan.
Fransiya va Ispaniyada dovuli tufayli yana besh kishi og‘ir jarohat olgan. O‘nlab odam yengil tan jarohatlari olgan. Juma tongiga kelib Fransiyaning janubida taxminan 450 ming xonadon elektr ta’minotisiz qolgan — bu bir kun oldingiga nisbatan ikki barobar kam. Bir nechta hududlarda suv toshqinlari davom etmoqda, Fransuz Alplarida esa ko‘chki tushish xavfi mavjud. Fransiya janubidagi Set port shahrida 550 tonnali kran qulagan va yuk kemasi ustiga tushgan.
Fransiya meteorologiya xizmati Météo-France ma’lumotiga ko‘ra, ob-havo xavfi pushtirang yoki qizil darajada deb baholangan hushyorlik rejimi 25 ta departament uchun hali ham amal qilmoqda. Xizmatga ko‘ra, dovuli Fransiyaning g‘arbiy sohillariga chorshanba kechasidan payshanbaga o‘tar paytda kirib kelgan, hozir esa sharq tomon — Yevropa ichiga qarab harakatlanmoqda.
Mavzuga oid
16:12 / 10.02.2026
Mudofaa tizimi, qiruvchilar va raketalar: Kiyev–Parij hamkorligi kuchayadi
19:27 / 09.02.2026
Fransiyadagi qotillik: politsiya tepkini egizaklardan qaysi biri bosganini topolmayapti
21:21 / 08.02.2026
Fransiyada ORION 2026 harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
12:58 / 07.02.2026