Jahon | 20:50 / 15.02.2026
4081
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Hind okeanida yana bir tankerni ushladi

Amerika harbiylari tankerni Karib dengizidan Hind okeanigacha ta’qib qilib borgan va AQSh qurolli kuchlarining Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi nazorat hududida qo‘lga olingan.

Foto: Department of War

AQSh Hind okeanida ekipaji Amerika sanksiyalarini buzishda gumonlangan Veronica III tankerini ushladi, deb xabar berdi Pentagon.

Ta’kidlanishicha, tanker AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan o‘rnatilgan «karantinni buzishga» uringan. The Wall Street Journal nashrining qayd etishicha, 2025 yil dekabrda Venesuela neft tankerlariga nisbatan e’lon qilingan dengiz qamali karantin deb ataladi.

Amerika harbiylari tankerni Karib dengizidan Hind okeanigacha ta’qib qilib borgan va AQSh qurolli kuchlarining Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi nazorat hududida qo‘lga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Veronica III — 2006 yilda qurilgan neft tankeri bo‘lib, Panama bayrog‘i ostida suzadi. AQSh 2024 yil dekabrda uni va yana bir nechta tankerni «Eronga o‘n millionlab barrel neft yetkazishda» ayblab sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan.

Amerika harbiylari avvalroq, 9 fevral kuni Aquila II neft tankerini to‘xtatib, qo‘lga olgandi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid