Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birinchi milliy kosmonavtni qisqa muddatli parvozga tayyorlash taklif qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi o‘zbek kosmonavtini tayyorlash bo‘yicha dastlabki ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Unda kosmonavtni qisqa muddatga – 10-14 kunlik parvozga tayyorlash taklif qilindi, bunday parvozlarni tashkil etish bo‘yicha xalqaro hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Foto: Fotodom.ru
Taqdimotda ta’kidlanishicha, davlat rahbari tashabbusi bilan birinchi milliy kosmonavtni tayyorlash va uni fazoga uchirish strategik vazifa sifatida belgilangan.
– Bu shunchaki ramziy qadam emas, balki mamlakatimiz ilmiy salohiyati, yoshlarimiz orzusi va milliy g‘ururimiz ifodasi bo‘ladi, – dedi prezident.
Milliy fazogirni qisqa muddatga – 10-14 kunlik parvozga tayyorlash taklif qilindi, bunday parvozlarni tashkil etish bo‘yicha xalqaro hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Kosmonavtni fazoga uchirish aniq ilmiy dasturni amalga oshirish bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi zarurligi qayd etildi. Zero, bu yutuq mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirishi bilan birga ilmiy salohiyatni rivojlantirish, yangi loyiha va texnologik tashabbuslarning paydo bo‘lishi, yoshlarning fan va texnologiyalarga qiziqishi ortishiga xizmat qilishi kerak.
O‘zbekiston kosmonavti fazoda bo‘lishi doirasida olib borilishi mumkin bo‘lgan tadqiqotlar yo‘nalishi sifatida tibbiyot va biologiya (masofaviy tashxis qo‘yish, mahalliy dorivor ekstraktlar samaradorligini o‘rganish), o‘simliklar genetikasi (qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli navlarni sinash, yopiq agrobiotizimlar modeli), materialshunoslik (issiqlikni to‘plash va boshqarish uchun materiallar, mato va tolalarni sinovdan o‘tkazish) taklif qilindi.
2028 yilda Samarqand shahrida kosmos bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkazish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Unda AQSh, Yevropa, Xitoy, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlarning yetakchi kosmik tashkilotlari ishtirok etishga qiziqish bildirgan. Mas’ullarga ushbu xalqaro tadbirga yuksak saviyada tayyorgarlik ko‘rish topshirildi.
Taqdimot yakunida Shavkat Mirziyoyev milliy fazogirni tayyorlash bo‘yicha hisob-kitob hamda amaliy takliflarni puxta ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
21:57
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
18:25
«Mirzo Ulug‘bek» ilmiy sun’iy yo‘ldoshi 2028 yilda uchirilishi mumkin
17:47
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi davlat dasturida tasdiqlandi
17:38