Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mirzo Ulug‘bek» ilmiy sun’iy yo‘ldoshi 2028 yilda uchirilishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev koinotga sun’iy yo‘ldosh uchirish bo‘yicha dastlabki ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda ilmiy-texnologik salohiyatni oshirish doirasida birinchi milliy-ilmiy sun’iy yo‘ldoshni yaratish loyihasi ham ko‘rib chiqildi. 2028 yilda «Mirzo Ulug‘bek» nomli 6U formatdagi ilmiy sun’iy yo‘ldoshni uchirish taklif qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Taqdimotda ta’kidlanishicha, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda masofadan zondlash ma’lumotlariga talab 3 karra oshgan, hozir kosmik monitoring bilan 10 dan ziyod davlat idoralari va barcha hokimliklar ishlamoqda.
– Eng muhimi, kosmik ma’lumotlar orqali biz “ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan” iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlab, ularni real daromad manbaiga aylantiryapmiz. Bu davlat resurslarini boshqarish mexanizmi va madaniyati o‘zgarayotganidan dalolat, – dedi prezident.
Shu bilan birga, kosmik sohada uzoq muddatli va barqaror milliy tizim – sun’iy yo‘ldoshlarni boshqarish, ma’lumotlarni qayta ishlash va ulardan amaliyotda foydalanish infratuzilmasini shakllantirish muhim ekani qayd etildi. Bundan maqsad suveren va obektiv ma’lumotlar manbaiga ega bo‘lishidir.

Qayd qilinishicha, xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilib, sun’iy yo‘ldoshning aniqligi va foydali yuklamasiga doir texnik talablar aniqlangan.
Taqdimotda ilmiy-texnologik salohiyatni oshirish doirasida birinchi milliy ilmiy sun’iy yo‘ldoshni yaratish loyihasi ham ko‘rib chiqildi. Loyiha doirasida mutaxassislarni tayyorlash va muhandislik jamoasini shakllantirish, 2028 yilda «Mirzo Ulug‘bek» nomli 6U formatdagi ilmiy sun’iy yo‘ldoshni uchirish taklif qilindi.
Taqdimot yakunida Shavkat Mirziyoyev sun’iy yo‘ldosh loyihalari bo‘yicha hisob-kitob hamda amaliy takliflarni puxta ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
21:57
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
18:30
Birinchi milliy kosmonavtni qisqa muddatli parvozga tayyorlash taklif qilindi
17:47
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi davlat dasturida tasdiqlandi
17:38