O‘zbekiston | 10:32
2034
2 daqiqa o‘qiladi

Qator viloyatlarda sel va suv toshqinlari bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi

Tezkor gidrometeorologik axborotga ko‘ra, 16–17 fevral kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli ham bor.

Foto: Kun.uz 

Ma’lum qilinishicha, yomg‘irlar ta’sirida quyidagi hududlarda sel va suv toshqinlari xavfi yuqori:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.

Ogohlantirishda tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik natijasida yomg‘ir suvlari to‘planishi mumkinligi, bu esa past joylar, yo‘llar va ayrim hududlarni suv bosishiga olib kelishi ehtimoli borligi qayd etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid