Jahon | 07:39
3824
2 daqiqa o‘qiladi

Yerning yashirin geografiyasi: botanik qit’alar

Dunyoda Yer sharini qit’alar va dunyoning qismlariga ajratish bo‘yicha bir nechta an’analar mavjud. Infografikada sayyora o‘simliklar tarqalishini qayd etish uchun mo‘ljallangan jahon geografik sxemasiga muvofiq «botanik qit’alar»ga qanday bo‘linishi ko‘rsatilgan.

Foto: iStock

O‘simliklar tarqalishini qayd etish uchun jahon geografik sxemasi (WGSRPD) — Biodiversity Information Standards xalqaro tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan biogeografik tizim. WGSRPD to‘qqizta botanik kontinentni ajratadi va har biriga 1 dan 9 gacha bo‘lgan kod biriktirilgan.

«Botanik kontinentlar» tarkibiga Yevropa, Afrika, Mo‘’tadil Osiyo va Tropik Osiyo, Avstralaziya, Tinch okeani, Shimoliy va Janubiy Amerika, shuningdek Antarktida kiradi.

WGSRPD kontinentlarni ikkinchi darajali regionlarga bo‘ladi. Jami 52 ta shunday region mavjud bo‘lib, har biriga ikki xonali kod berilgan. Masalan, Yevropa 5 ta mintaqaga, Afrika 10 ta mintaqaga, Mo‘’tadil Osiyo 9 ta, Tropik Osiyo 4 ta, Avstralaziya 2 ta, Tinch okeani 4 ta, Shimoliy Amerika 10 ta, Janubiy Amerika 6 ta, Antarktida esa 2 ta mintaqaga bo‘linadi.

Uchinchi va to‘rtinchi darajalar harflar bilan belgilanadi. Uchinchi daraja uchun uch harfli kodlar qo‘llanadi. Agar uchinchi daraja hududi to‘rtinchi daraja hududiy birliklariga bo‘linsa, kodga ikki harfli belgi qo‘shiladi. Agar uchinchi daraja hududi keyingi bo‘linmas ekan, ba’zan kodga «OO» qo‘shiladi — bu to‘rtinchi darajadagi hududiy birlik uchinchi daraja hududiga to‘liq mos kelishini ko‘rsatadi.

VictorPines, Wikipedia
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid