O‘zbekiston | 10:22
582
1 daqiqa o‘qiladi

Tuman sabab Guanchjou-Toshkent reysi Samarqandga yo‘naltirildi

Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (tuman) kuzatilgani sababli Centrum Air aviakompaniyasining Guanchjou-Toshkent yo‘nalishidagi C6512 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qildi.

Foto: Uzbekistan Airports

Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida tuman tufayli parvozlarni qabul qilishda cheklovlar yuzaga kelgan. 

Shu munosabat bilan Centrum Air aviakompaniyasining Guanchjou—Toshkent yo‘nalishidagi C6512 reysi ekipaji xavfsizlik talablaridan kelib chiqib, Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalishni tanlagan.

Parvozning keyingi harakati va Toshkentga qo‘nishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid