28 may kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Toşkent–Guançjou yönalişi böyiça ilk reys amalga oşirildi.
Xitoyning Guandun provinsiyasi markazi hisoblangan Guançjou şahridagi Bayyun xalqaro aeroportida reys ekipaji va yölovçilar mintaqa aviatsiya hukumati, aeroport ma’muriyati, aviakompaniya rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.
Guançjou Bayyun xalqaro aeroporti boş direktori örinbosari Tsi Yaominning ta’kidlaşiça, yangi yönaliş nafaqat ikki şahar örtasidagi havo qatnovini kengaytiradi, balki qadimiy Buyuk ipak yölining zamonaviy davomi sifatida ham ahamiyat kasb etadi.
Uning qayd etişiça, Xitoyning yirik xalqaro savdo markazlaridan biri bölgan Guançjou hamda Markaziy Osiyoning muhim transport-logistika markazi sanalgan Toşkent örtasidagi töğridan töğri aviaqatnov savdo, sarmoya va madaniy-gumanitar aloqalar rivojiga yangi turtki beradi.
Xitoylik sayyohlar ham yangi parvozlarni ijobiy baholab, ular Özbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, xususan Samarqand, Buxoro va Xiva kabi şaharlarning dunyoga maşhur obidalari bilan tanişiş imkoniyatlarini kengaytirişini ta’kidladi.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent–Guançjou yönalişi böyiça parvozlar 28 maydan boşlab haftasiga bir marta — çorşanba kunlari amalga oşiriladi. Şu bilan birga, Guandun provinsiyasidan Toşkentga töğridan töğri aviaqatnovlar soni haftasiga 12 taga yetdi.

















