Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumanidagi uyda yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in kelib chiqdi. Hodisa joyiga yetib borgan qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etgan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Kecha, 17 fevral kuni soat 15:47 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Niyozbek ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida FVBBga xabar kelib tushgan.
Ma’lum qilinishicha, qutqaruv bo‘linmalari soat 15:54 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:59 da qurshab olingan va soat 16:02 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida uyning taxminan 70 kv m maydonda tom qismi hamda ichki qismi yonib zararlangan. Hodisada tan jarohati olganlar yo‘q.
Ayni paytda yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
13:45 / 17.04.2026
O‘rta Chirchiqda xonadonda chiqqan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi
22:11 / 11.04.2026
Yunusobod tumanidagi Niyozbek yo‘li ko‘chasida harakatlanish tartibi o‘zgardi
21:09 / 11.04.2026
«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
16:08 / 07.04.2026