Jamiyat | 11:08
1066
1 daqiqa o‘qiladi

Katta halqa yo‘lida avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik o‘zgartirildi

Bektemir yo‘li va Katta halqa yo‘li kesishmasida yo‘l inshootini qurish ishlari olib borilayotgani sababli Katta halqa yo‘lidagi ortga qayrilib olish manzili ko‘chirildi. Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtinchalik o‘zgartirildi.

Foto: Toshshaxartransxizmat

Bektemir yo‘li va Katta halqa yo‘li ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l inshootini qurish ishlari doirasida Katta halqa yo‘lidagi ortga qayrilib olish manzili ko‘chirilgan.

Shu munosabat bilan ushbu manzil orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlari harakati quyidagicha tashkil etiladi:

93-, 117-, 128-, 130-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Katta halqa yo‘li va Furqat ko‘chalari kesishmasidan ortga qayrilib olish orqali tashkil etiladi;
39-, 110-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati esa Katta halqa yo‘li – Furqat ko‘chasi – Bektemir yo‘li orqali vaqtinchalik bir tomonlama o‘zgartiriladi.

Qurilish ishlari olib borilayotgani sababli, yo‘nalishlardagi avtobuslar oraliq interval vaqti rejadagidan ortishi ehtimoli mavjud.

Shuningdek, ko‘chalarda transport tirbandliklari ortishi va yo‘llardagi cheklovlar natijasida yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid