Şavkat Mirziyoyev Temur Malik köçasidagi (Toşkent halqa avtomobil yölining bir qismi) yangi yöl ötkazgiçni borib körar ekan, THAY böylab boşqa gavjum çorrahalarda ham xuddi şunday yöl ötkazgiçlar quriş böyiça körsatma berdi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi raisi Jamşid Tursunov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Hurmatli prezidentimiz uşbu inşootlari bilan tanişuvlari davomida bizga qisqa vaqtda THAYni va şahardagi eng katta tirband çorrahalarni töliq örganib çiqib, öşa çorrahalarda mana şu kabi metall konstruksiyali yöl ötkazgiçlarni quriş böyiça topşiriq berdi», — dedi u.
«Albatta, biz — mutaxassislar Toşkent şahri hokimligi bilan birgalikda çorrahalarni qisqa muddatda xatlovdan ötkazib, tajribamizni yanada oşirgan va yangi loyihalarni qöllagan holda hamşaharlarimizga yangi-yangi inşootlarni qurib, foydalanişga topşiramiz», — deya qöşimça qildi Jamşid Tursunov.
Rekonstruksiya jarayonida yöl ötkazgiç ostidagi Temur Malik köçasi törttadan olti tasmaliga kengaytirildi. Buyuk ipak yöli köçasidan çiqiş yöllari qöşildi va yöl ötkazgiçning özida ham, çiqiş çorrahalarida ham burilişlar taşkil etildi.
Mamlakatda birinçi marta yiğma temir konstruksiyali yöl ötkazgiç qurilgan. Jamşid Tursunovning sözlariga köra, bunday yöl ötkazgiçning an’anaviy beton va monolitga nisbatan afzalligi şundaki, u 2,5−3 baravar yengil, 30 foizga arzon, foydalaniş xarajatlari 4−5 baravar kam hamda xizmat muddati 100−120 yilni taşkil etadi.
«Ilgari 25 mingta avtotransport vositasi bir kunda harakat qilardi, yangi inşootni qurganimizdan söng hozirgi kunda 50 mingdan ortiq transnort vositasi tösiqsiz harakatlana oliş imkoni paydo böldi», — dedi qömita rahbari.








