O‘zbekiston | 10:29
3496
2 daqiqa o‘qiladi

Kutilayotgan yomg‘irlar: tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin

21 fevral kuni kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning bir qator tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Aholi va haydovchilar ehtiyotkor bo‘lishga chaqirildi.

Foto: Kun.uz 

Joriy yilning 21 fevral kuni kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi munosabati bilan respublikaning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Xususan, quyidagi hududlarda xavf yuqori bo‘lishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.

Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.

Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli mavjud bo‘lib, bu ayrim joylarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid