Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan uchrashuvdan boshlandi.
Foto: Prezident matbuot-xizmati
O‘zbekiston – AQSh strategik sherikligini yanada mustahkamlashning amaliy jihatlari, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning asosiy sheriklaridan biri ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi 1 milliard dollardan oshdi, mamlakatimiz bozorida AQShning 340 ga yaqin kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.
Energetika, o‘ta muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Qiymati 35 milliard dollar bo‘lgan uch yillik Iqtisodiy hamkorlik dasturi amal qilmoqda. Bugun ishbilarmonlik tadbirlari doirasida bir qator muhim kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
Ustuvor loyihalarni tizimli qo‘llab-quvvatlash uchun yaqinda tashkil etilgan Ishbilarmonlik kengashining imkoniyatlaridan foydalanish va Investitsiya platformasini ishga tushirish zarurligi ta’kidlandi.
Savdo munosabatlarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
09:27
Rossiya va Kiyev delegatsiyalari Jyenevadan uchib ketishdan oldin yana bir bor uchrashdi
06:00
Prezident ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bag‘ishlangan marosim va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
05:55
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida investitsiya platformasi tashkil etiladi
21:26 / 18.02.2026