Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin sifatini tekshirish uskunalari o‘rnatiladi
2026 yildan boshlab AYoQShlarda neft mahsulotlari sifatini tekshirish imkonini beradigan maxsus qurilmalarni o‘rnatish boshlanadi. 2030 yilga borib bunday uskunalar barcha yonilg‘i quyish shoxobchalarida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
AYoQShda iste’molchilar tomonidan neft mahsulotlari sifatini tekshirish imkonini beradigan maxsus qurilmalar o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zbekiston-2030 strategiyasida ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, yonilg‘i quyish shoxobchalarini uskunalar bilan jihozlash 2026 yildan boshlanadi va yil yakunigacha qamrov darajasini 10 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2027 yilda 25 foiz, 2028 yilda 50 foiz, 2029 yilda 75 foiz, 2030 yilda esa 100 foiz bo‘lishi ko‘zda tutilyapti.
Ishlar xususiy sektor mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
23:08 / 09.04.2026
“Vaqt yo‘qotyapmiz” - haydovchilar zapravkalarda naqd to‘lovning to‘xtatilgani haqida
16:28 / 19.02.2026