Amerikaning Gulf kompaniyasi Özbekistonda yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğini oçişni va aviatsiya sohasiga investitsiya kiritişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer 18 fevral kuni Vaşingtonda prezident Şavkat Mirziyoyevning Amerika biznesi va moliyaviy institutlari vakillari bilan uçraşuvida ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, kompaniya yaqin ikki yil içida ğarb standartlariga javob beradigan kamida 100 ta zamonaviy va qulay yoqilği quyiş şoxobçasini işga tuşirmoqçi.
«Şoxobçalar ğarb standartlari asosida quriladi va yuqori sifatli yoqilği bilan ta’minlanadi. Uşbu davr mobaynida biz çakana aktivlarga kamida 150 mln dollar investitsiya kiritamiz. Moliyalaştiriş töliq ta’minlangan. Har bir obekt hajmi va dizayni böyiça zamonaviy hamda öziga xos böladi», dedi u «Özbekiston 24» telekanalining lavhasida.
Bundan taşqari, magistral yöllar böylab sayyohlar va tranzit taşuvçilar uçun transport markazlarini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.
«Uşbu loyihalar har bir obektda kamida 30 ta yangi iş örni yaratiş imkonini beradi. Umumiy hisobda Özbekiston fuqarolari uçun 3 mingdan ortiq yangi iş örinlari taşkil etiladi», dedi Kramer.
U infratuzilmani rivojlantiriş böyiça turli hududlardan taklif olganini ma’lum qildi.
«Özbekistonning barça viloyatlari hokimidan butun mamlakat böylab qariyb 200 ta yoqilği quyiş şoxobçasini rivojlantiriş böyiça aniq takliflar oldim. Bu sizning mamlakatingizda işbilarmonlik muhiti oçiqligini va investorlarning işonçi yuqori ekanini yaqqol namoyiş etadi», dedi Kramer.
Gulf Oil — Gulf brendi ostida faoliyat yurituvçi Amerika neft kompaniyasi. Hozir AQŞ hududida 36 ştat va Puerto Rikoda joylaşgan 1100 dan ortiq yoqilği quyiş şoxobçalarini boşqaradi. Gulf kompaniyasining Markaziy Osiyodagi operatsion bazasini Toşkentda joylaştiriş rejalaştirilgan.













