Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izza qurilish bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
21 fevral kuni tonggi soat 05:09 da Toshkent shahar Uchtepa tumani, Quvonch 2-tor ko‘chasida joylashgan Izza qurilish bozori hududida eshik rom mahsulotlari yonayotgani haqida xabar kelib tushdi.
Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 05:17 da yetib borgan. Yong‘in soat 05:38 da qurshab olingan va soat 06:00 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan.
Hozirgi vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.