Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Starmer Trampga yo‘q dedi: AQSh Eronga hujumda Britaniya bazalaridan foydalanolmaydi
AQSh prezidenti Donald Trampning amerikalik harbiylar tomonidan Eronga ehtimoliy hujum vaqtida Buyuk Britaniya harbiy aerodromlaridan foydalanishga ruxsat berish haqidagi so‘rovini Britaniya bosh vaziri Kir Starmer rad etdi. U o‘z javobini xalqaro huquqning buzilishi bilan izohlagan.
Foto: Reuters
Gap – Angliyadagi Fairford va Hind okeanidagi Diyego Garsiya aviabazalari haqida ketmoqda. Bu ikkala aerodrom ham uzoq vaqtlardan beri AQShning o‘z chegaralaridan uzoqda joylashgan harbiy amaliyotlari uchun muhim platformalardan biri bo‘lib kelgan.
Xususan, Britaniyaga tegishli Diyego Garsiya oroli – AQShning og‘ir bombardimonchi floti uchun muhim baza hisoblanadi.
Starmerning rad javobi haqida hukumatdagi manbalariga tayanib bir qator ingliz nashrlari, xususan The Times xabar berdi. Nashrning yozishicha, Eronga zarbalar berish uchun AQShga harbiy bazalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish – xalqaro huquqni buzish bo‘ladi, deb hisoblamoqda rasmiy London.
Xalqaro huquqqa ko‘ra, agar hujumni qo‘llab-quvvatlagan tomon bu hujumning xalqaro huquqqa zidligini oldindan bilgan bo‘lsa, u holda hujum uchun hujumni amalga oshirgan bilan teng javobgar bo‘ladi.
Britaniya Mudofaa vazirligi bu savolni “operatsion masalalar” deb atab, izoh berishdan bosh tortdi, shu bilan birga, OAVda tarqalgan xabarni inkor qilmadi. Starmer Trampga yo‘q degani haqida BBC, The Guardian va The Telegragh kabi boshqa medialar ham o‘z manbalariga tayanib xabar bergan.
Bu xabarlar tarqalishidan oldin, seshanba kuni kechqurun Kir Starmer va Donald Tramp o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgandi. Rasmiy relizlarda tomonlar Yaqin Sharq va Yevropada tinchlik masalalarini muhokama qilgani aytilgan.
Mavzuga oid
12:32
AQSh Oliy sudi: Tramp joriy etgan bojlar noqonuniy
12:02
Zelenskiy: AQSh ham Ukrainadan butun Donbassni topshirishni talab qilyapti
10:56
“Chaqirishsa, Britaniya darhol yordamga keladi” – Starmer va Lyayyen Yevropani kurashga tayyor turishga chaqirdi
09:25