Eronning sönggi şohi öğli va muxolifatning közga köringan vakillaridan biri Rizo Pahlaviyga 23 aprel, payşanba kuni Berlinning hukumat kvartalida qizil suyuqlik sepildi.
Siyosatçi Federal matbuot anjumani binosidan köçaga çiqqan paytda uning ortidan bir erkak yaqinlaşib, yelkasiga suyuqlik sepgan. Şundan söng hujum qilgan şaxs yerga yotqizilib, politsiya tomonidan qölga olingan. Uning maqsadlari haqida ma’lumot berilmagan.
Hujumdan keyin Rizo Pahlaviy matbuot xizmatining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida siyosatçi hodisa oqibatida jabrlanmagani va Berlindagi dasturini özgarişsiz davom ettirgani haqida xabar berildi.
Qayd etilişiça, u Bundestag taşqi işlar qömitasi raisi bilan uçraşgan, Bundestagdagi partiyalararo parlament davra suhbatida iştirok etgan, minglab eronliklar yiğilgan mitingda nutq sözlagan, yoş deputatlar guruhi bilan uçraşgan, OAVga bir neçta intervyu bergan hamda Eron diasporasi vakillari bilan muloqot qilgan.
Şoh öğli e’tibor “har kuni qatllar, qotilliklar, qiynoqlar va zöravonliklarga duç kelayotgan Eron xalqining oğir ahvoli”ga qaratilişini istaşini bildirgan. Uning vakillari Pahlaviy Berlin politsiyasiga qöllab-quvvatlov uçun minnatdorlik bildirişini ham qöşimça qilgan.
Germaniya poytaxtidagi matbuot anjumanida Rizo Pahlaviy, jumladan, Yevropa davlatlari hukumatlarini Eron rejimiga yon bermaslikka çaqirdi.
“Agar siz bu rejim bilan tinçlikka erişa olamiz, deb öylasangiz, qattiq adaşasiz. <...> Bu tizim qisqartirilgan şaklda saqlanib qolgan taqdirda ham barqarorlik heç qaçon bölmaydi”, — dedi u.
Uning sözlariga köra, Yevropa “barçaga xavf solayotgan ölib borayotgan rejim” va “erkin Eron” örtasida tanlov qarşisida turibdi. Tehrondagi hokimiyat esa “heç qaçon hozirgidek mört bölmagan”.
“Erkin dunyo nimadir qiladimi yoki bu qonli qatliomni jim kuzatib turaveradimi?” — dedi Eron muxolifati yetakçilaridan biri, mamlakatda sönggi ikki hafta içida 19 nafar siyosiy mahbus qatl etilganini tilga olar ekan.
“Masala özgarişlar böladimi-yöqmi, deganida emas. Özgarişlar allaqaçon yaqinlaşmoqda. Asl savol — Ğarb hamjamiyati şunçaki kuzatişda davom etar ekan, yana qança eronlik halok böladi?” — deya Pahlaviy sözlarini keltirdi Reuters agentligi.

















