Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada ko‘chki tufayli kamida besh kishi halok bo‘ldi
Juma kuni Alp tog‘larida kuchli qor yog‘ishi qor ko‘chkilarini keltirib chiqardi, buning oqibatida Avstriya hududida besh kishi halok bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida Germaniyaning 42 yoshli fuqarosi ham bor. U 16 yoshli o‘g‘li bilan birgaligida qor ko‘chkisiga uchragan. O‘smir tabiiy ofsatdan omon qolgan, u Italiya va Shveytsariya bilan chegara yaqinidagi Nauders obshchinasi hududidagi qiyalikdan evakuatsiya qilingan va kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, mashhur Sankt-Anton tog‘-chang‘i kurorti yaqinida uch chang‘ichi, unga qo‘shni bo‘lgan Forarlberg federal yerida esa bir snoubordchi qor ko‘chkisi ostida qolib halok bo‘lgan.
Bu yilgi qishda Avstriyada qor ko‘chkilari bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra kamida 21 kishi halok bo‘lgan. Shu bilan birga, Alp tog‘larining boshqa qismlaridagi holatlar qo‘shib hisoblanganda o‘nlab kishilar vafot etgan va bu raqam odatdagidan yuqori.
Tirolning ba’zi qismlarida qor ko‘chishi xavfi yuqoriligicha qolmoqda. Juma kuni ushbu mintaqada ikkita qor ko‘chkisi odamlar o‘limiga sabab bo‘ldi – ikki holat ham trassalardan tashqarida sodir bo‘lgan.
Avstriya ommaviy axborot vositalari politsiyaga asoslanib xabar berishicha, Sankt-Anton-am-Arlberg yaqinida uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘chkiga chang‘ichilarning o‘zlari sababchi bo‘lgan. Avstriyaning ORF milliy teleradiokompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, chang‘ichilar AQSh, Polsha va Avstriya fuqarolari bo‘lgan.
Ushbu holatda og‘ir yaralangan yana ikki kishi qutqarib qolingan. Amaliyotda to‘rtta qutqaruvchilar guruhi, uchta vertolyot hamda favqulodda xizmatlar ishtirok etgan.
Avstriya shimolidagi Lins shahrida qor bo‘ronlari bilan bog‘liq yana bir o‘lim holati qayd etilgan: 53 yoshli erkakni qor tozalovchi mashina bosib qolgan, u voqea joyida vafot etgan.
Mintaqada kuchli qor yog‘ishi juma kuni elektr ta’minotida uzilishlar va transport kollapsiga olib keldi, ayniqsa mamlakat janubi-sharqida vaziyat jiddiy tus olgan.
Shtiriya federal yerida yo‘llarda harakatlanish «oddiy transport vositalari uchun amalda imkonsiz» bo‘lib qolgan. Tirbandlikda qolib ketganlarga Qizil xoch tashkiloti xodimlari yordam ko‘rsatmoqda.
Vena xalqaro aeroporti tongda vaqtincha yopilgan, kunduzi esa uzilishlar bilan ishlamoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026