Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jon Xili: Sulhdan keyin Ukrainaga qo‘shin yuborishni xohlayman
The Telegraph’ga bergan izohida Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Xili Rossiya bilan sulhga erishilganidan keyin Ukrainaga britaniyalik harbiylarni yuborishni istashini aytdi. Uning fikricha, bu urush tugaganining ramziga aylanadi.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili tinchlikni ta’minlash uchun Ukrainaga britaniyalik harbiylarni yuborgan ilk vazir bo‘lishga umid qilmoqda. U bu haqda yakshanba, 22 fevral kuni The Telegraph nashriga bergan sharhida bildirdi.
Xili ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi 2026 yilda yakunlanishi kerak. “Har qanday hukumat yoki mudofaa vaziri uchun qurolli kuchlarni boshqa davlatdagi operatsiyaga yuborish haqida qaror qabul qilishdan og‘irroq mas’uliyat yo‘q”, — deb hisoblaydi u. “Men Ukrainaga britan qo‘shinlarini yuborgan aynan o‘sha mudofaa vaziri bo‘lishni xohlayman, chunki bu faqat bir narsani anglatadi: nihoyat bu urush tugagan bo‘ladi”, — deb o‘z pozitsiyasini tushuntirdi Xili.
U qo‘shimcha qilishicha, britaniyalik harbiylarni Ukrainaga yuborish faqat tinchlikka erishilgan taqdirda mumkin. Vazir so‘zlariga ko‘ra, “xavfsiz Yevropa uchun kuchli, suveren Ukraina kerak”.
The Telegraph’ga bergan izohida Xili, shuningdek, Buyuk Britaniya hukumati Ukrainani “yanada qat’iyroq qo‘llab-quvvatlash”da davom etishini ishontirdi. Xususan, mamlakat hokimiyati harbiy yordam hajmini oshirish va Kremlga yangi sanksiyalar orqali bosimni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
“Bu urush bizga — va Putinga bir muhim narsani ko‘rsatdi: ukrain xalqi irodasini hech qachon kam baholash kerak emas”, — deya xulosa qildi u.
Mavzuga oid
22:51 / 04.06.2026
Qrimda benzin taqchilligi. Urush sabab
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:58 / 04.06.2026