Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili tinçlikni ta’minlaş uçun Ukrainaga britaniyalik harbiylarni yuborgan ilk vazir bölişga umid qilmoqda. U bu haqda yakşanba, 22 fevral kuni The Telegraph naşriga bergan şarhida bildirdi.
Xili ta’kidlaşiça, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi 2026 yilda yakunlanişi kerak. “Har qanday hukumat yoki mudofaa vaziri uçun qurolli kuçlarni boşqa davlatdagi operatsiyaga yuboriş haqida qaror qabul qilişdan oğirroq mas’uliyat yöq”, — deb hisoblaydi u. “Men Ukrainaga britan qöşinlarini yuborgan aynan öşa mudofaa vaziri bölişni xohlayman, çunki bu faqat bir narsani anglatadi: nihoyat bu uruş tugagan böladi”, — deb öz pozitsiyasini tuşuntirdi Xili.
U qöşimça qilişiça, britaniyalik harbiylarni Ukrainaga yuboriş faqat tinçlikka erişilgan taqdirda mumkin. Vazir sözlariga köra, “xavfsiz Yevropa uçun kuçli, suveren Ukraina kerak”.
The Telegraph’ga bergan izohida Xili, şuningdek, Buyuk Britaniya hukumati Ukrainani “yanada qat’iyroq qöllab-quvvatlaş”da davom etişini işontirdi. Xususan, mamlakat hokimiyati harbiy yordam hajmini oşiriş va Kremlga yangi sanksiyalar orqali bosimni kuçaytirişni rejalaştirmoqda.
“Bu uruş bizga — va Putinga bir muhim narsani körsatdi: ukrain xalqi irodasini heç qaçon kam baholaş kerak emas”, — deya xulosa qildi u.












