Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston–AQSh turistik almashinuvi: yanvar oyi ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonga 1 642 nafar AQSh fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shu davrda 964 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda AQShga safar qilgan.
foto : Travel Uzbekistan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga 1 642 nafar AQSh fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Turistlar soni avvalgi yilga nisbatan 39,4 foizga ko‘paygan.
Ularning safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 1 120 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, xizmat yuzasidan 269 nafar, o‘qish uchun 112 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash uchun 133 nafar, tijorat maqsadida 6 nafar va davolanish uchun 2 nafar tashrif qayd etilgan.
Mazkur davrda 964 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda AQShga safar qilgan.
Joriy yil boshida AQShga borgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 796 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 135 nafar, o‘qish uchun 25 nafar, xizmat yuzasidan 6 nafar va davolanish uchun 2 nafar fuqaro safar qilgan.
https://t.me/statistika_rasmiy/7227
Mavzuga oid
14:32
Uitkoff Zelenskiy va Putin yaqin orada uchrashishi mumkinligini istisno etmadi
14:21
Fransiya TIV Liondagi fojia haqidagi so‘zlar sabab AQSh elchisini chaqirtiradi
12:07
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
11:42