Sport | 17:41
2427
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi FIFA Series 2026 futbol turniri taqvimi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi FIFA Series 2026 turnirida qatnashadi. Mart oyida bo‘lib o‘tadigan musobaqada Gabon, Trinidad va Tobago, shuningdek, Venesuela ham ishtirok etadi.

Foto: UFA

Toshkent mezbonlik qiladigan FIFA Series 2026 turniri taqvimi e’lon qilindi. O‘FA xabariga ko‘ra, kichik musobaqa 27-30 mart kunlari o‘tkaziladi.

27 mart

15:00 Venesuela – Trinidad va Tobago («Paxtakor» stadioni)

19:00 O‘zbekiston – Gabon («Bunyodkor» stadioni)

30 mart

15:00 Gabon – Trinidad va Tobago («Paxtakor» stadioni)

19:00 O‘zbekiston – Venesuela («Bunyodkor» stadioni)

FIFA Series 2026 turnirlari o‘rtoqlik o‘yinlari o‘rnini bosishi nazarda tutilgan va butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarga Avstraliya, Ozarboyjon, Indoneziya, Qozog‘iston, Yangi Zelandiya, Puerto-Riko, Ruanda va O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Ayollar o‘rtasidagi musobaqalar Braziliya, Kot-d'Ivuar va Tailandda bo‘lib o‘tadi.

Turnirda ishtirok etayotgan beshta erkaklar milliy jamoasi - Avstraliya, Kabo-Verde, Kyurasao, Yangi Zelandiya va O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchisi sanaladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid