Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JB: Ukrainani tiklash uchun 588 mlrd dollar kerak bo‘ladi
Urushdan keyin Ukrainani tiklash uchun 10 yil mobaynida qariyb 588 mlrd dollar talab etiladi. Bu Ukraina hukumati, Jahon banki, Yevrokomissiya va BMT tomonidan tayyorlangan hisobotda aytilgan.
Ukrainaga 2022 yil fevralda boshlangan to‘liq ko‘lamli urush oqibatlarini bartaraf etish va mamlakatni tiklash uchun 10 yil davomida 587,7 mlrd dollar (taxminan 500 mlrd yevro) kerak bo‘ladi. 2025 yil 31 dekabr holatiga dolzarb bo‘lgan ushbu baholashni dushanba, 23 fevral kuni Ukraina hukumati, Jahon banki (JB), Yevrokomissiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) taqdim etdi.
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko ta’kidlashicha, bu summa Ukraina iqtisodiyotining 2025 yil uchun prognoz qilinayotgan nominal YaIMdan qariyb uch baravar ko‘p. Hisobotga ko‘ra, eng katta xarajatlar — 96 mlrd dollardan ortiq — transport sektorini tiklashga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda uy-joy fondi: 90 mlrd dollar. Keyin savdo va sanoat sektori (63 mlrd dollar), shuningdek qishloq xo‘jaligi (55 mlrd dollar) keladi. Yana qariyb 28 mlrd dollar mamlakat hududidagi portlashlar oqibatlarini bartaraf etish va hududlarni minadan tozalash ishlariga sarflanishi kerak.
Ukrainaning to‘liq ko‘lamli urushdan ko‘rgan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarari 195 mlrd dollardan oshdi — bu 2025 yil fevralda e’lon qilingan baholashdan 19 mlrd dollarga ko‘p. Eng ko‘p zarar frontga yaqin viloyatlar va yirik shaharlarga to‘g‘ri kelgan.
Taqqoslash uchun: o‘tgan yilgi hisobotda yaqin 10 yil ichida Ukrainani tiklash uchun 524 mlrd dollar (taxminan 445 mlrd yevro) kerak bo‘lishi aytilgan edi. O‘sish zararning ortishi bilan bog‘liq: energetika obektlaridan shikastlangan yoki vayron bo‘lganlari soni 21 foizga ko‘paygan, portlar va temiryo‘llarga qilingan hujumlar sabab transport sohasidagi ehtiyoj 24 foizga oshgan. Bundan tashqari, 2025 yil oxiri holatiga ko‘ra, Ukrainada uy-joylarning 14 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan bo‘lib, bu uch milliondan ortiq xo‘jalikka ta’sir qilgan.
2025 yil iyul oyida o‘sha paytda Ukraina bosh vaziri bo‘lgan, hozir esa Energetika vazirligini boshqarayotgan Denis Shmixal mamlakatga urushdan keyin tiklanish uchun 14 yil mobaynida 1 trln dollar (taxminan 850 mlrd yevro) kerak bo‘lishini aytgan.
«Bizning konsepsiya AQShning bir trln dollar umumiy hajmiga ega ikki jamg‘arma tuzishni nazarda tutadi», — degan u. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi jamg‘arma — Kiyev boshqaradigan “Ukraina jamg‘armasi” — xorijda musodara qilingan, qiymati 460 mlrd yevrodan ortiq bo‘lgan Rossiya aktivlari, shuningdek Rossiya xomashyosini eksport qilishga qo‘yiladigan maxsus soliq hisobiga moliyalashtirilishi kerak. Ikkinchi jamg‘arma esa qariyb 400 mlrd yevro hajmda bo‘lib, xususiy investitsiyalar hisobidan shakllantirilishi lozim.
Shu bilan birga, Shmixal 2025 yil fevral oyida ham Ukraina urushdan keyin tiklanishi uchun taxminan 500 mlrd yevro kerak bo‘lishini aytgan edi. Ammo u bu summa qaysi muddatga mo‘ljallanganini aniqlashtirmagan.
Mavzuga oid
23:05
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
21:16 / 24.06.2026
Rossiya propagandasi Voronejga zarbani e’tiborsiz qoldirdi
20:13 / 24.06.2026