Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temir impuls: dunyoda tanklar soni bo‘yicha birinchi o‘rin kimda?
AQShda dunyoda tank kuchlarining joylashuvi tahlil qilinib, bugungi kunda asosiy jangovar tanklarning eng katta parki Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi ixtiyorida ekani haqida xulosaga kelindi.
Foto: Creative Commons
Amerikadagi 19FortyFive nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin ixtiyorida qariyb yetti mingta zamonaviy mashina mavjud bo‘lib, ularning soni o‘sishda davom etmoqda.
Nashrda qayd etilishicha, taxminiy baholarga ko‘ra, Xitoyda taxminan 6800 ta asosiy jangovar tanki bor, parkni yangilash va ko‘paytirish sur’atlari esa yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bunga parallel ravishda eskirgan platformalarni zamonaviyroq namuna va turlar bilan izchil almashtirish ishlari olib borilmoqda.
XXOA tank qo‘shinlarining asosini uch xil mashina tashkil etadi. Eng nufuzli (flagman) hisoblanganlari — Type 99 va uning modernizatsiya qilingan Type 99A versiyasi, ushbu eng texnologik Xitoy tanklaridan jami taxminan 1300 dona ishlab chiqarilgan.
Eng ommaviysi esa Type 96 bo‘lib qolmoqda — u 1990-yillar o‘rtalarida qurollanishga qabul qilingan. Baholarga ko‘ra, quruqlik qo‘shinlari uchun Type 96A va Type 96B versiyalarida 2500 dan ortiq mashina ishlab chiqarilgan. Maqola muallifi ta’kidlashicha, aynan shu platforma Xitoyga keyingi modernizatsiyalar va zirhli texnika rivoji uchun barqaror asos yaratib beradi.
Tank parkining uchinchi asosiy tarkibiy qismi — yengil Type 15. Taxminan 35 tonna og‘irlikka ega bo‘lgan bu mashina murakkab sharoitlarda, eng avvalo tog‘li hududlarda harakat qilish uchun mo‘ljallangan: bunday joylarda og‘irroq — 50 tonnalik tanklar o‘tuvchanlik va manyovr bo‘yicha jiddiy cheklovlarga duch keladi.
Mavzuga oid
08:52
Mers Xitoyda Pekinni Ukrainada tinchlik uchun RFga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
13:07 / 25.02.2026
Pekin: Ukrainadagi urush Xitoy va YeI munosabatlariga xalaqit bermasligi kerak
19:33 / 23.02.2026
Xitoy uy bozoridagi inqiroz: bunga nima sabab bo‘ldi?
16:18 / 21.02.2026