Jamiyat | 16:49
7583
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda BMW rulidagi o‘smir YPX xodimini urib yubordi

Avtomobil boshqaruvida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan o‘smir bo‘lgan. Xodimning ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

25 fevral kuni Toshkent shahining Mirobod tumanida BMW M4 rusumli avtomobil YPX inspektorini urib yubordi.

Inspektor tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bergan xabarga ko‘ra, avtomobil rulida xususiy maktabning 10-sinfida o‘quvchi, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 16 yoshli o‘smir bo‘lgan. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotgani, tekshiruv yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi ma’lum qilingan.

Bu vaqtda ayrim telegram-kanallarda YPX xodimi vafot etgani haqida xabar tarqatdi. Biroq IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova bu xabarlarni rad etgan.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid