Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Transperensi”: RF britan ofshorlari orqali savdo olib bormoqda
“Transperensi Interneshnl - Rossiya” ekspertlari aniqlashicha, Ukrainaga qarshi urushning beshinchi yilida ham Britaniyaning dengizorti hududlari Rossiya kompaniyalarining tashqi savdosida muhim kanal bo‘lib qolmoqda.
Foto: Bruce Coleman/Photoshot/picture alliance
Inson huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan “Transperensi Interneshnl — Rossiya” loyihasi o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Rossiya kompaniyalari Britaniyaning dengizorti hududlari orqali faol tashqi savdoni davom ettirmoqda. Bu ofshorlar “Ukrainaga qarshi urushning beshinchi yilida ham Rossiya foydalanayotgan xalqaro savdoning muhim kanali” ekanini huquq himoyachilari chorshanba, 25 fevral kuni qayd etdi.
Tadqiqotda ta’kidlanishicha, urush boshlanganidan keyin joriy qilingan sanksiyalar, logistika zanjirlarining uzilishi va xorijiy biznesning Rossiyadan chiqib ketishi Rossiya tashqi savdosini to‘xtatmagan — faqat uning yo‘nalishlari o‘zgargan. Britaniya dengizorti hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar orqali Rossiya firmalari hanuz “uskunalar sotib oladi, xomashyo sotadi va aktivlarni ko‘chiradi”.
Tashkilot hisob-kitobiga ko‘ra, 2022 yil fevral oyidan 2025 yil yanvar oyigacha ushbu hududlar orqali savdo hajmi kamida 8 mlrd dollarni tashkil etgan, operatsiyalar soni esa 29 mingtadan oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday operatsiyalarning 95 foizdan ortig‘i Britaniya Virgin orollari va Bermud orollariga to‘g‘ri keladi — bu yerlarda kompaniya egalari haqidagi ma’lumotlarga kirish cheklangan.
Tadqiqot mualliflari ta’kidlashicha, “bunday shaffoflikning yo‘qligi ularni sanksiyalar sharoitida xalqaro savdo uchun qulay vositaga aylantiradi: vositachi tuzilmalar ta’minot zanjirlarini ‘suyultirish’ va moliyaviy oqimlarni kuzatishni qiyinlashtirish imkonini beradi”.
Rossiyaning eksport operatsiyalarida eng ko‘p holatda Britaniya Virgin orollari ishtirok etadi. Huquq himoyachilari fikricha, bu xomashyo eksportidan tushadigan daromadlarni yashirishga ishora qilishi mumkin. Tadqiqot mualliflari britan ofshorlari orqali amalga oshirilgan yetkazib berishlarda quyidagilar uchraganini aniqlagan: neft mahsulotlari, Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlaridan ko‘mir, neft-gaz sohasi uchun uskunalar, vertolyotlar va biznes-jyetlar, shuningdek lyuks tovarlar.
Surishtiruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yildan 2024 yil boshigacha Rossiyadan yoki Rossiyaga britan ofshorlari orqali yaxtalarni ko‘chirishning kamida 160 ta holati bo‘lgan. “Bu bitimlar ofshor tuzilmalar faqat savdo operatsiyalarida emas, balki qimmat aktivlarga egalik qilish va ularni ko‘chirish uchun ham ishlatilayotganini ko‘rsatadi”, — deb hisoblaydi “Transperensi Interneshnl — Rossiya”.
Shu bilan birga, savdo operatsiyalarida boshqa narsalar qatorida Buyuk Britaniya sanksiyalariga tushadigan metallar ham ishtirok etgani aytilgan — bu esa sanksiya rejimi buzilayotganidan dalolat berishi mumkin.
“Transperensi Interneshnl — Rossiya” mustaqil ekspertlar loyihasi Rossiyada tugatib yuborilgan Transparency International xalqaro antikorrupsiya tarmog‘ining Rossiya bo‘limi ishini davom ettirmoqda. 2023 yil kuzidan beri u Rossiyadan tashqarida faoliyat yuritmoqda.
Mavzuga oid
15:24
Bloomberg: RF va Eron Xitoyga neft sotish uchun narx urushi olib bormoqda
14:37
Ukraina dronlari uchun “ikkinchi kontur”: ishlab chiqarish Britaniyaga kengaydi
10:23
Rossiya Kiyev, Xarkiv va Zaporijjyaga zarba berdi
09:10