Jamiyat | 11:21
692
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston pomidor eksportini qisqartirdi

2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatga jami 45,2 ming tonna pomidor eksport qildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 3,3 ming tonnaga kamaygan.

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda pomidor eksporti qiymati 36 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Eksport geografiyasi 12 ta davlatni qamrab olgan.

Hisobotga muvofiq, O‘zbekiston pomidorining asosiy xaridori Rossiya bo‘lib, ushbu davlatga 32 786 tonna mahsulot yetkazib berilgan. Shuningdek, Qozog‘istonga 6 850 tonna, Qirg‘iz Respublikasiga 5 115 tonna pomidor eksport qilingan.

Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklariga 325,8 tonna, Tojikistonga 48,2 tonna, boshqa davlatlarga esa 81,6 tonna mahsulot yetkazib berilgan.

Mutaxassislar fikricha, eksport hajmidagi pasayish tashqi bozor kon’yunkturasi, logistika xarajatlari va ichki bozordagi talab omillari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid