Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo turizmi yillik 1 mlrd dollarlik tushum berishi mumkin
Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini to‘liq ishga solish orqali yiliga 1 milliard dollarlik tushum qilish mumkinligi qayd etildi. Yig‘ilishda ziyorat turizmi, tarixiy yodgorliklar va ekoturizm yo‘nalishlarini rivojlantirish, shuningdek, sport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.
Foto: uzbekistan.travel
Ma’lum qilinishicha, viloyatda Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Kokildor ota, Qirq qiz kabi 150 dan ziyod madaniy meros obekti joylashgan. Hisor, Boysuntog‘, Ko‘hitang va Bobotog‘ hududlarida alpinizm, trekking hamda ekoturizm uchun katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.
Shuningdek, 26 asrlik tarixga ega Eski Termiz yodgorligi to‘liq o‘rganilmagani qayd etildi. Buddizm madaniyatiga oid Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzin va Zurmala kabi yodgorliklarning turizm salohiyatidan foydalanib, Yaponiya, Koreya, Xitoy va Tailanddan yiliga 500 ming sayyoh jalb qilish mumkinligi aytildi.
Mutasaddilarga Yaponiya turagentlari bilan hamkorlikda turizm marshrutlari ishlab chiqish, shuningdek, muzey, o‘zbek-yapon oshxonasi va “Yapon bog‘i” tashkil qilish bo‘yicha loyihalarni boshlash topshirildi.
Sport yo‘nalishida esa “polvonlar yurti” Surxondaryoda 8 mingdan ortiq yoshlar kurash bilan doimiy shug‘ullanayotgani qayd etildi. Joriy yil Denovdagi “Zamondosh” oromgohi negizida kurashchilar uchun zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot bazasini qurib berish vazifasi qo‘yildi.
Boysundagi maktab-internatda kurash bilan shug‘ullanayotgan yoshlar uchun shu yerning o‘zida ta’lim olish imkoniyatini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Qayd etilishicha, yangi o‘quv yilidan mazkur maktab-internatda sport mashg‘ulotlari bilan birga maktab darslari ham yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
14:17
Toshkent – Termiz yo‘nalishiga tezyurar poyezdlar qo‘yiladi
12:55
Surxondaryoda 18 ta parrandachilik kompleksi va 30 ta asalarichilik loyihasi ishga tushiriladi
12:44
Surxondaryoda quyoshda isitiladigan 1 ming gektar issiqxona barpo etiladi
11:53