Ma’lum qilinişiça, viloyatda Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Kokildor ota, Qirq qiz kabi 150 dan ziyod madaniy meros obekti joylaşgan. Hisor, Boysuntoğ, Köhitang va Bobotoğ hududlarida alpinizm, trekking hamda ekoturizm uçun katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.
Şuningdek, 26 asrlik tarixga ega Eski Termiz yodgorligi töliq örganilmagani qayd etildi. Buddizm madaniyatiga oid Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzin va Zurmala kabi yodgorliklarning turizm salohiyatidan foydalanib, Yaponiya, Koreya, Xitoy va Tailanddan yiliga 500 ming sayyoh jalb qiliş mumkinligi aytildi.
Mutasaddilarga Yaponiya turagentlari bilan hamkorlikda turizm marşrutlari işlab çiqiş, şuningdek, muzey, özbek-yapon oşxonasi va “Yapon boği” taşkil qiliş böyiça loyihalarni boşlaş topşirildi.
Sport yönalişida esa “polvonlar yurti” Surxondaryoda 8 mingdan ortiq yoşlar kuraş bilan doimiy şuğullanayotgani qayd etildi. Joriy yil Denovdagi “Zamondoş” oromgohi negizida kuraşçilar uçun zamonaviy öquv-maşğulot bazasini qurib beriş vazifasi qöyildi.
Boysundagi maktab-internatda kuraş bilan şuğullanayotgan yoşlar uçun şu yerning özida ta’lim oliş imkoniyatini yaratiş zarurligi ta’kidlandi. Qayd etilişiça, yangi öquv yilidan mazkur maktab-internatda sport maşğulotlari bilan birga maktab darslari ham yölga qöyiladi.












