Jahon | 15:17
11447
3 daqiqa o‘qiladi

Eron Qatar va Bahrayndagi AQSh harbiy bazalariga zarba berdi

Eron muhofizlar korpusi AQSh-Isroilning zarbalariga javoban raketa va dronlardan iborat to‘lqinli hujum boshlaganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Bahrayn AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Beshinchi floti xizmat ko‘rsatish markazi raketa hujumiga uchradi. Qatar Mudofaa vazirligi esa o‘z hududiga qaratilgan «bir nechta hujumlar»ni bartaraf etgan.

Eron Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi AQSh-Isroilning zarbalariga javoban raketa va dronlardan iborat to‘lqinli qarshi hujum boshlaganini ma’lum qildi.

28 fevral kuni Bahrayndagi AQSh Beshinchi floti binolaridan biriga raketa hujumidan keyin. Foto: REUTERS/Stringer

Eronning yarim rasmiy FARS axborot agentligi xabar berishicha, eronliklar tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari mintaqadagi AQSh harbiy bazalarini nishonga olgan. Xabarda aytilishicha, hujumlar Qatardagi Al-Udeyd aviabazasi, Kuvaytdagi Ali Al-Salem aviabazasi, BAAdagi Al-Dafra aviabazasi hamda Bahraynda joylashgan AQSh Beshinchi floti qarorgohini qamrab olgan.

Shu bilan birga, Bahrayn davlat axborot agentligi AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Beshinchi floti xizmat ko‘rsatish markazi raketa hujumiga uchraganini xabar qildi.

Bahrayn poytaxtidagi harbiy-dengiz bazasi joylashgan Juffayr tumanidagi bir nechta guvohlar kuchli portlash ovozini eshitganini bildirgan.

Qatar Mudofaa vazirligi esa o‘z hududiga qaratilgan «bir nechta hujumlarni muvaffaqiyatli bartaraf etganini» ma’lum qildi. O‘tgan yil iyun oyida ham Eron o‘tgan yozdagi yadroviy obektlariga qilingan AQSh bombardimonlariga javoban Doha yaqinidagi Amerika harbiy bazasiga raketa uchirgandi.

Isroil harbiylari esa Eronning harbiy maqsadli obektlariga keng ko‘lamli zarbalar berganini bildirdi. Harbiy operatsiya mamlakat g‘arbiy qismidagi bir qator harbiy inshootlar, shu jumladan harbiy bazalar va strategik jihatdan muhim obektlarga havo hujumlari bilan boshqarilgan zarbalar berilgan.

Sabereen axborot agentligiga ko‘ra, AQSh tomonidan amalga oshirilgan to‘rtta zarba Eronga yetib bormagan – Iroq poytaxti Bag‘dodning janubi-g‘arbidagi hududga tushgan. Bu hudud esa Eron bilan ittifoqchi bo‘lgan Iroqdagi eng qudratli qurolli tuzilmalardan biri — «Kataib Hizbulloh» guruhi tomonidan foydalanib kelingan. 

Фаррух Абсаттаров
Tayyorlagan Фаррух Абсаттаров

Mavzuga oid