Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron va Isroil havo hududi yopildi
O‘zbekiston shaharlaridan yoki O‘zbekiston shaharlariga uchgan beshta samolyot jo‘nash aeroportiga qaytdi. Toshkentdan Dubayga, Jidda va Madinadan Toshkentga uchgan reyslar, shuningdek, Andijon–Madina va Madina–Andijon reyslari shular jumlasidan.
Eron va Isroil havo hududlari, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 11:30 dan 17:00 gacha yopildi. Bu haqda ma’lum qilgan Uzbekistan Airports'ga ko‘ra, shu munosabat bilan bir nechta aviareyslar ortga qaytishga majbur bo‘lgan.
O‘zbekistondan reyslar:
- 7Q4461 (Fly One Asia): Andijon – Madina yo‘nalishida uchgan reys Andijon aeroportiga qaytdi.
- HH901 (Qanot Sharq): Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi reys Toshkent aeroportiga qaytdi.
O‘zbekistonga reyslar:
- 7Q342 (Fly One Asia): Madina – Toshkent yo‘nalishida uchgan reys Madina aeroportiga qaytdi.
- 2U7706 (Fly Khiva): Madina – Andijon yo‘nalishida uchgan samolyot Madina aeroportiga qaytdi.
- 9S3302 (Air Samarkand): Jidda – Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyot Jidda aeroportiga qaytdi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026