Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lamin Yamal faoliyatidagi ilk het-trikka erishdi
Yamalning gollari «Barselona»ga «Vilyarreal» ustidan g‘alaba keltirdi.
Foto: Alex Caparros / Getty Images
Ispaniya chempionatining 26-turida «Barselona» «Vilyarreal» ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar tarkibida Lamin Yamal het-trik muallifiga aylandi (28-, 37-, 69-daqiqalar), shuningdek, Robert Levandovski ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi (90+1). «Vilyarreal»ning yagona goliga Pap Geyye mualliflik qildi (49).
18 yoshli Yamal kattalar futbolidagi faoliyatida ilk bor het-trikka erishdi.
Yamal XXI asrda 19 yoshga kirguniga qadar Yevropaning top-5 ligasida 25ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Hozirda uning hisobida La Ligadagi 95ta o‘yinda 27ta gol bor.
«Barselona» turnir jadvalida 64 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.