Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 ming dollar talab qilgan prokuratura xodimi ushlandi
Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha qo‘llangan 276 mln so‘mlik jarimani “tanishlari orqali hal qilib berish” va chora ko‘rilmasligini ta’minlash evaziga 9 ming AQSh dollari talab qilgan. U DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda pulni olgan paytida ushlangan.
Foto : DXX
Ma’lum qilinishicha, voqea O‘rta Chirchiq tumanida yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bilan bog‘liq. Aytilishicha, aniqlangan holat bo‘yicha tadbirkorga 276 mln so‘m jarima qo‘llangan bo‘lib, prokurorlik xodimi ushbu jarimani vakolatli tanishlari orqali “bartaraf qilib berish”ni va’da qilgan.
Shuningdek, u hozirda Namangan shahridagi nufuzli oliygohda o‘qiyotganini aytib, talab qilingan mablag‘ni aynan Namangan viloyatiga olib kelib berishni so‘ragan.
DXX xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda devonxona noziri 9 ming AQSh dollarini Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan mazkur shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi hamda 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, devonxona noziriga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
DXX fuqarolarni bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelganda 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishga chaqirdi. Shaxs ma’lumotlarining sir saqlanishi kafolatlanishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026
Chirchiq shahrida ko‘cha yechimi va bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
08:32 / 23.04.2026