Texnologiya | 20:52 / 03.03.2026
3602
2 daqiqa o‘qiladi

Apple yangi iPad Air planshetini taqdim etdi

Kompaniya yangi qurilmani M4 chipi bilan jihozladi va M3 versiyasidan 30 foizga, M1 modelidan esa 2,3 baravar tezroq ekanini ta’kidlamoqda.

Foto: Apple

Apple yangi avlod iPad Air planshetini e’lon qildi. Asosiy o‘zgarish M4 chipi hisoblanadi. Planshet sakkiz yadroli protsessor va to‘qqiz yadroli GPU, shuningdek, 16 yadroli Neural Engine'ga ega bo‘ldi. Apple ma’lumotlariga ko‘ra, yangilik M3 versiyasidan 30 foizga, M1 modelidan esa 2,3 baravar tezroq.

Birlashtirilgan xotira hajmi 12 Gb gacha oshdi - bu o‘tgan avlodga nisbatan 50 foizga ko‘p. Xotiraning o‘tkazuvchanligi - 120 Gb/s. Bularning barchasi sun’iy intellekt funksiyalari bilan ishlash tezligining oshishini ta’minlashi kerak.

Boshqa o‘zgarishlar orasida Wi-Fi 6E o‘rniga Wi-Fi 7 va 5.3 o‘rniga Bluetooth 6 mavjud. Simsiz ulanishlar uchun yangi N1 chipi mas’ul, SIM-kartali versiyalarda esa 5G qo‘llab-quvvatlaydigan C1X modemi ishlatiladi. Apple, shuningdek, oldingi modelga nisbatan yuqori mobil internet tezligi va modemning kamroq energiya sarfini va’da qilmoqda.

Boshqa tomondan, bu tanish iPad Air. U hali ham 11 va 13 dyuymli versiyalarda mavjud, shuningdek, Apple Pencil Pro va Magic Keyboard'ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ranglar o‘zgarishsiz qoldi - ko‘k, binafsha, och to‘q sariq va kumush rang. Vazn minimal darajada o‘zgardi: yangi model avvalgisidan atigi 4-5 gramm og‘irroq bo‘ldi.

Narxlar ham o‘zgarmadi. 11 dyuymli iPad Air Wi-Fi versiyasi uchun 599 dollardan va SIM-karta versiyasi uchun 749 dollardan boshlanadi. 13 dyuymli model mos ravishda kamida 799 va 949 dollar turadi. Oldindan buyurtma berish 4 martdan, sotish esa 11 martdan boshlanadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid