Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havo monitoringi va tozalash uskunalari o‘rnatgan korxonalar rag‘batlantiriladi
Atmosfera havosi fon monitoringi stansiyasini o‘rnatgan hamda keyinchalik chang-gaz va lokal oqova suv tozalash uskunalarini joriy etgan korxonalarga kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha imtiyoz va qaytarish mexanizmlari qo‘llanadi.
Hukumat qarori bilan “Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifalarga mansub sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga ta’sirini kamaytirish harakatlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan harakatlari ikki bosqichda rag‘batlantiriladi.
1-bosqichda — atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyasini o‘rnatgan sanoat korxonasiga:
tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechiladi;
tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha respublika budjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizi 2 yil davomida qaytariladi.
2-bosqichda — monitoring stansiyasini o‘rnatgan korxona kelgusi 1 yil davomida chang-gaz va lokal oqova suv tozalash uskunalarini o‘rnatsa:
respublika budjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizi 2 yil davomida qaytariladi.
Shuningdek, sanoat korxonasi monitoring stansiyasi hamda chang-gaz va (yoki) lokal oqova suv tozalash uskunasini o‘rnatgani to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali Ekologiya qo‘mitasiga xabarnoma yuboradi.
Xabarnoma va unga ilova qilingan hujjatlar Ekologiya qo‘mitasi tomonidan kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, korxonani rag‘batlantirish to‘g‘risida Ekologiya qo‘mitasining xulosasi rasmiylashtiriladi.
Mavzuga oid
11:39 / 01.04.2026
Prezident yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi
17:29 / 31.03.2026