Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashabbusli budjet”da sheriklik asosidagi ilk g‘oliblar aniqlandi
Ko‘kdala tumanining Eski anhor mahallasida yashovchilar 3 kilometrlik ko‘chani asfaltlash uchun zarur mablag‘ning yarmi – 824 mln so‘mini yig‘ishdi va ovoz to‘plamasdan “Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘ldi. Xuddi shunday, G‘ijduvonning Sharq mahallasida 360 metr ichki yo‘lni ta’mirlash uchun zarur 230 mln so‘m mablag‘ning 115 mln so‘mi aholi tomonidan moliyalashtirildi.
Foto: openbudget.uz
“Tashabbusli budjet”da sheriklik loyihalari orasidan ilk g‘oliblar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bermoqda.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Sharq” MFY Yusuf Hamadoniy ko‘chasining 360 metrlik qismini asfaltlash uchun 230 mln so‘m talab etiladi. Shuning 50 foizi – 115 mln so‘mini aholi moliyalashtirdi.
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani “Eski anhor” MFYdagi umumiy uzunligi 3 km bo‘lgan Mezonli va Oqar daryo ko‘chalarini asfaltlash uchun 1 mlrd 648 mln so‘m mablag‘ zarur. Buning yarmi (824 mln so‘m) aholi tomonidan to‘landi.
Natijada bu ikkita loyiha avtomatik ravishda g‘olib deb topildi.
O‘z loyihasini sheriklik asosida moliyalashtirishni istagan tashabbuskorlar mablag‘larni 10 mart soat 18:00 gacha tranzit hisobraqamlariga o‘tkazishlari lozim.
Loyihalarga ovoz berish 11 martdan boshlanadi.
Mavzuga oid
11:10 / 21.03.2026
58 ovozdan 13 ming 386 ovozgacha. «Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi
18:28 / 15.03.2026
“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” - Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11:03 / 11.03.2026
Turli “o‘yinlar” sabab 10 ta tuman va shahar “Tashabbusli budjet”da sanksiyaga uchradi
12:15 / 12.02.2026