Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda YTH oqibatida 4 kishi vafot etdi
Konimex tumani hududida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi voqea joyida, 2 kishi shifoxonada vafot etdi. Fojiaga Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzishi sabab bo‘lgan – u katta tezlikda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Foto: Videodan kadr
Navoiyda inson o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 22 fevral kuni Konimex tumani hududida, “Navoiy–Zarafshon–Uchquduq” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan avtomobilni quvib o‘tishga uringan. Ammo bunga ulgurmasdan qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Nexia mashinasi tezligi ham belgilangan cheklovdan yuqori bo‘lgani aytilmoqda. YTH oqibatida 2 kishi voqea joyida, yana 2 kishi esa shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Navoiyda avtobus YTHga uchrab, 2 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.04.2026
Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
08:32 / 21.04.2026
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
09:23 / 24.03.2026