Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Top-300 xorijiy universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar qo‘llab-quvvatlanadi
Hukumat qarori bilan “Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga ta’lim kreditini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unda Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan imtiyozli ta’lim kreditini ajratish va uni qaytarish tartibi belgilangan.
Nizomga ko‘ra, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash 30 yoshdan oshmagan (shu jumladan, 30 yoshdagilar ham) yoshlar hamda pedagog xodimlarga ajratiladi. Bunda ular QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) reytinglari bo‘yicha TOP-300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan hamda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi lozim.
Mablag‘ bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil olish uchun ajratiladi. Bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentda mablag‘ milliy valutada beriladi.
Ajratilgan mablag‘ning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni olish uchun bankka murojaat qilinganda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, 1-kurslar uchun taklifnoma-xat, 2-kursdan boshlab akademik o‘zlashtirish natijalari, to‘lov-kontrakt shartnomasi hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys, birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari haqida ma’lumot, shuningdek 30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun mehnat daftarchasidan ko‘chirma.
Mazkur mablag‘lar bo‘yicha stavka Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.
Mavzuga oid
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
11:21 / 13.03.2026
Norfolkdagi universitetda otishma: FTB hujumchini IShID tarafdori deb atadi
15:45 / 11.03.2026
Xorijiy OTMga kirish uchun IELTS’dan necha ball olish kerak?
09:31 / 03.03.2026