Jahon | 23:10 / 05.03.2026
2071
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eronning yangi rahbarini shaxsan o‘zi saylashni istamoqda

O‘ldirilgan Eron oliy rahbarining o‘g‘li uning vorisi sifatida qabul qilinmaydi, dedi AQSh prezidenti.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning navbatdagi oliy rahbari saylovida shaxsan ishtirok etish istagini bildirdi. Bu haqda u Axios’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Bekorga vaqt sarflashyapti. Xominaiyning o‘g‘li hech kim emas. Men Venesueladagi Delsi [Rodriges] bilan bo‘lgani kabi tayinlovda ishtirok etishim kerak», dedi u.

Trampning tushuntirishicha, u o‘tmishdoshining siyosatini davom ettiradigan bunday rahbar tayinlanishini istamaydi, shu sababli AQSh «besh yildan keyin» yana urushga kirishishi mumkin. Respublikachining qo‘shimcha qilishicha, u «Eronga uyg‘unlik va tinchlik olib keladigan» odam rahbar bo‘lishini xohlaydi, Xominaiyning o‘g‘li esa qabul qilinmaydi.

Eron oliy rahbari Ali Xominaiy 28 fevral kuni Isroil aviazarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Uning o‘rniga o‘g‘li 56 yoshli Mo‘jtaba Xominaiy asosiy da’vogarga aylandi.

Ali Xominaiyning o‘zi voris tayinlamagan, bu masalani Ekspertlar kengashi ko‘rib chiqadi.

Mo‘jtaba Xominaiydan tashqari, oliy rahbar lavozimiga Eron parlamenti spikeri Ali Larijoniyning ukasi Sodiq Larijoniy, Eron Islom Respublikasi asoschisining nabirasi Hasan Humayniy, shuningdek, Eronning yettinchi prezidenti Hasan Ruhoniy da’vogarlik qilmoqda. Bundan tashqari, rejim qulagan taqdirda, Eronning so‘nggi shohining to‘ng‘ich o‘g‘li Rizo Pahlaviy hokimiyat tepasiga kelishi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid