O‘zbekiston | 11:00
854
3 daqiqa o‘qiladi

Havas - yetti yil davomida xaridorlar bilan hamnafaslikda

​7 mart kuni O‘zbekistondagi birinchi diskaunterlar tarmog‘i – Havas o‘zining yetti yilligini nishonlaydi. Savdo-sotiq sohasida muhim hisoblangan ushbu davr mobaynida loyiha o‘ziga xos rivojlanish bosqichidan o‘tib, millionlab insonlar hayotining ajralmas qismiga aylangan yirik savdo tizimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Har bir oilaning ehtiyojlarini o‘rganib, kundan-kunga rivojlanib borayotgan kompaniya yangi bir iste’mol madaniyatini shakllantirdi. Do‘kon peshtaxtalaridagi yashil va sariq ranglar uyg‘unligi esa bugun musaffolik, iliqlik va haqiqiy foyda ramziga aylandi.

Foto: Havas

​Yutuqlar va rivojlanish ko‘lami

​2019 yilda bozorga yangi tarmoq sifatida kirib kelgan ushbu format bugungi kunda 300 dan ortiq do‘konni o‘z ichiga olgan barqaror tizimga aylandi. Tarmoq do‘konlari Toshkent shahrida hamda uning tashqarisida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bunday kengayish tanlangan model nafaqat o‘zini oqlaganini, balki chinakamiga ommabop savdo formatiga aylanganini ko‘rsatadi.

Ushbu muvaffaqiyatlar ortida aholiga sifatli mahsulotlarni adolatli narxlarda taqdim etishdek muhim ijtimoiy maqsad turadi. Havas’ning bozorga kirib kelishi mamlakat savdo bozorining rivojlanishiga yangi yo‘nalish berdi va sog‘lom raqobatni kuchaytirdi. Natijada xizmat ko‘rsatishning yangi standartlari shakllandi, bozor esa xaridorlarning ehtiyojlari hamda tejamkor xarid qilish istagiga yanada ko‘proq e’tibor qaratdi.

​Xaridor uchun foydali narx falsafasi

​Havas muvaffaqiyati dunyo bozorlarida uzoq yillardan beri samaradorligini isbotlab kelayotgan modelga asoslanadi. Diskaunter formatining markazida maksimal operatsion samaradorlik tamoyili turadi. Bu yerda ortiqcha bezak yoki qimmat reklamalarga mablag‘ sarflanmaydi – barcha resurslar mahsulot narxini iloji boricha past darajada saqlashga yo‘naltiriladi.

​Jarayonlarni optimallashtirish va o‘z savdo brendlarini rivojlantirish xaridorlarga marketing shov-shuvlari uchun ortiqcha haq to‘lamasdan sifatli mahsulot olish imkonini beradi. Kompaniya ichidagi bunday oqilona yondashuv bevosita iste’molchilarning barakasida aks etadi.

​Oqilona xarajatlar bilan yaxshi yashash

​Havas paydo bo‘lishi bilan tejamkorlik odati sifat va qulaylikni tanlashga aylana boshladi. Diskaunter formati mahsulotning narxi va sifati o‘rtasida murosa izlashga hojat qoldirmaydi – xaridor ikkalasini ham bir joyda topa oladi.

Har bir mahallada do‘konlarning mavjudligi xarid jarayonini ancha yengillashtirdi va insonlarga eng qimmat resurs – vaqtni tejash imkonini berdi. “Uyga yaqin” formatidagi do‘konlar uzoq bozorlarga borish zaruratini kamaytiradi, kundalik xaridlarni tez va qulay jarayonga aylantiradi. Zarur mahsulotlar yaqin bo‘lganda va xarajatlar oldindan rejalashtirilganda, oilalar budjet hamda vaqtni hayot sifatini yaxshilash uchun yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladi.

Barqarorlik va rivojlanish

​Faoliyatining yetti yili davomida Havas mijozlarga yaqinlik va narxlarning foydaliligi eng to‘g‘ri strategiya ekanini isbotladi. Tarmoqning hududlar kesimida kengayishi bunday formatga ehtiyoj juda katta ekanini ko‘rsatmoqda. Havas o‘z xaridorlari uchun kundalik xaridlarni qulay va barqaror qilish yo‘lida tunu kun xizmat qilmoqda.

 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid