Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda «Pervyy» va boshqa Rossiya telekanallari namoyishi to‘xtatildi
Ko‘rsatilgan sabab – telekanallar tomonidan efirga uzatish uchun berilgan vaqtinchalik ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganligi.
Bahor boshidan beri Qozog‘istondagi pullik televideniye operatorlaridan biri - «Alma TV» tomoshabinlari ba’zi telekanallar efirining to‘xtaganiga duch keldi.
Orda.kz nashrining aniqlashicha, 2026 yil 28 fevraldan boshlab, kompaniya Rossiyaning ba’zi telekanallari retranslatsiyasini to‘xtatgan. Jumladan: «Pervyy kanal. Vsemirnaya set», «Muzyka pervogo», «Pobeda», «Telekafe» va boshqalar. Ko‘rsatilgan sabab - huquq egasidan efirga uzatishga berilgan vaqtinchalik ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganligi.
Kompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, hamkorlikni qayta tiklash uchun xorijiy telekanallar vakillaridan javob kutilmoqda.
Nashrning qayd qilishicha, boshqa operatorlarning efir tarmoqlaridan «Pervyy», NTV va boshqa kanallar ham g‘oyib bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
08:45 / 09.06.2026