Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarus o‘zbekistonlik migrantlardan mamnun ekanini aytdi
U respublikada ko‘plab o‘zbeklar yashashini, ularni mamlakat mamnuniyat bilan taklif qilishini aytdi.
Aleksandr Lukashenko Belarus o‘zbekistonlik migrantlardan xursand ekanini aytdi.
Bu haqda Lukashenko O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Rahmatulla Nazarov bilan uchrashuvda ma’lum qildi. U respublikada ko‘plab o‘zbeklar yashashini, ularni mamlakat mamnuniyat bilan taklif qilishini aytdi. «Shuning uchun, agar ular bu yerga kelishga qaror qilsa, biz juda mehnatsevar o‘zbek odamlarini ko‘rishdan doimo xursandmiz», dedi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda migrantlarga nisbatan qattiqqo‘l munosabatda bo‘lishadi, ammo «ehtimol, bu ular uchun yaxshiroqdir». Belarus yetakchisining ta’kidlashicha, respublikada migrantlar sobiq MDH davlatlarining boshqa vakillari bilan raqobatlasha oladigan aniq ishlarga qabul qilinadi: «belaruslar, rossiyaliklar, ukrainaliklar va boshqalar bilan teng. Marhamat, keling, raqobatlashing».
Elchi bilan suhbatda Lukashenko Ikkinchi Jahon urushi haqida esladi. U ko‘plab belaruslar O‘zbekiston tomonidan qo‘llab-quvvatlangani va boshpana topganini ta’kidladi. «Bu borada sizlardan biroz qarzdormiz. Garchi bu bir mamlakat doirasida bo‘lsa-da», deb xulosa qildi Lukashenko.
Mavzuga oid
12:17
Niderlandiya kompaniyasi 6 ming o‘zbekistonlikni ishga olishni rejalashtirmoqda
17:49 / 02.03.2026
Turkiyada aniqlangan noqonuniy migrantlar orasida o‘zbekistonliklar uchinchi o‘rinda qayd etildi
19:11 / 26.02.2026
2025 yilda AQShdan chiqib ketganlar soni kirib kelganlar sonidan oshdi – OAV
18:41 / 24.02.2026